← Barcha she’rlar

Hammasi tinch, hammasi sokin

She’r · 1 daqiqa o‘qish

Hammasi tinch, hammasi sokin,
Fitna ham yoʻq, yoʻq erur fasod.
Ammo kelgach juhhol toʻdasi,
Sakiynatlar topadi kasod.

Shayton bilan hamtovoq zotlar,
Foyda-zarar nedir — bilmagan.
Qurish yoʻqdir, buzishdan boshqa
Qoʻllaridan hech ish kelmagan.

Kerak boʻlsa, senga baxt-iqbol,
Johillardan uzoqlashgil tez.
Hatto boʻlsa tomiring bogʻliq,
Shu tomirni ayamasdan kes.

Akrom MALIK