← Barcha maqolalar
Bilgilki, shariat ahli aytadilarkim, inson payg‘ambarlarni tasdiq etib…

Bilgilki, shariat ahli aytadilarkim, inson payg‘ambarlarni tasdiq etib, payg‘ambarlarga izdoshlik qilsa, iymon maqomiga yetadi, uning ismi mo‘mindir. Anbiyoni tasdiq va taqlid qilish bilan agar ko‘p ibodat qilsa, kecha-kunduz vaqtini taqsimlab, asosiy qismini ibodat bilan o‘tkazsa, ibodat maqomiga yetadi, uning ismi obiddir. Ko‘p ibodat qilish barobarida butkul dunyodan yuz o‘girib, boylik va mansab-amaldan yuz o‘girsa hamda badan lazzatlari va shahvatlaridan qutulsa, zuhd maqomiga yetadi, uning ismi zohiddir.
"Komil inson" kitobidan.