← Barcha maqolalar

Chetda, masalan, Shvetsiyada yashayotgan odamlarning Oʻzbekiston xalqiga farzand…

Maqola · 1 daqiqa o‘qish

Chetda, masalan, Shvetsiyada yashayotgan odamlarning Oʻzbekiston xalqiga farzand tarbiyasidan aql oʻrgatishi mantiqqa zid. Chunki Gʻarbda yashayotganlar yurtdagi kontekstdan xabarsizdirlar. Begona joyda yashab oʻzbekistondagilarga oila haqida aql suqmasliklari ularning haddi va eng goʻzal axloqi boʻlur edi. Shu sababli chetdagi u kabi oila yoki odamlarning darslarini tavsiya etmayman. Ularga ergashish yaxshilikka olib bormaydi. Chunki kamida asl odobga zid gʻoyani singdirishi aniq. Istasak, istamasak, asl adabga yot, oʻzbeklikka zid unsurlar ularning butun hayotiga qaysidir shaklda chirmashib ketgan.
Masalan, bizda qiz yoki kelinlarning otasiga baqrayib gapirishi eskidan mavjud boʻlmagan. Garchi bu holat hozir siyrak uchrasa ham, adabning bu shakli hamon dolzarbdir. Oʻzlari asl ildizdan uzilgan holda oiladan dars oʻtmasliklari oʻzlariga yaxshi. Odam oʻz haddi va maqomini bilsin.