← Barcha maqolalar

Tun choʻkdi. Tun koʻp sirlarga toʻla. Tun ham rahmat, ham qahr timsoli.

Maqola · 1 daqiqa o‘qish

Tun choʻkdi. Tun koʻp sirlarga toʻla. Tun ham rahmat, ham qahr timsoli.
Robbimiz!
Tunimizni xayrli et! Tun gunohlarimizning emas, savoblarimizning pardasi boʻlsin!
Xudoyim!
Tundan tongga bizni yorugʻ yuz ila yetkaz, qancha tunlarni gumrohlik va isyon ila zoye qilganimiz yetar…
Parvardigorimiz!
Tun va kunni juft qilib yaratganing uchun Senga shukur va hamdlar boʻlsin! Kunimiz barakali boʻlmogʻi uchun tunimizni sokin va halovatli et! Uyqularimizni va tushlarimizni rahmoniy ayla!
Yo Allohu Karim!
Bizning uyqularimizni uygʻonmogʻimiz vasiylasi et. Qalblarimizga sokinlik va xotirjamlik ber!
Robbimiz!
Tun nafsimiz iti uvillaydigan va zanjrini uzadigan emas, qalbimiz uygʻonadigan va Senga nola qiladigan va Sening rahmating nuri ila toʻladigan tun boʻlsin!
Yo Allohu Afuv!
Bizni afv et, Sen Karimsan, Afv etguvchisan va afv etishni sevasan! Nadomat va afsuslarimiz juda koʻp, ortiq bizni gunoh va faryodlar zanjirida qoldirma…

Omin, ya Robbal a’lamiyn!