Begonalar hikoyasidan anglaganlarim
Mardum Mulla G'ani pir obrazida qaysidir bir maqomga yetgan, orif bir kishi. U o'zidagi fayzni sezgan irfon sohiblaridan. Uning qalbi shu darajada keng va rahm shavqatga to'laki, u har qanday odamga yaxshilik istaydi. Har qanday gunoh egasiga Allohning rahmatini sog'inadi va Allohga yetishish yo'lini tilaydi. Xoh o'g'ri bo'lsin, xoh hunasa xoh johil ahmoqlar Pir ularni Haqqa chorlab tolmaydi. Buni bir vazifa o'laroq chin muhabbat bilan qiladi. Garchi odamlar tavbalarnini chin dildan qiladimi, yoki el ko'zigami pir buni sezib hammasini anglasa ham, ularni irshod qilaveradi. Ularga hech e’tiroz bermaydi.
Ikki o'g'ri shu yo'lga kirmoqchi bo'lgan go‘r bandalar. Ular pirni qo'lida tavba tazarru qilishdi, bu yo'lda xizmat qilishga bel bog'lashdi.
Meni anglaganim – Qobilda chin ixlos yetarli bo'lmadi. To'g'ri, u pirni chizig'idan chiqmadi, lekin chin Haq uchun qilmadi menimcha bu xizmatlarini. Ustozga yoqish uchun yelib yugurdi deb o'yladim. Qalbini eng chuqurida shu qasd uni harakatga keltirdi, garchi odamlar uni zohirida zohidlik libosini ko'rishsa-da, uni botini hali bu yo'lga kirmagan edi.
Horun esa odamlarga yoqish emas unda chin ixlos bor edi. Balki bu ixlosi evaziga Alloh unga bir ajiyb eshiklarni ochdi. Yani qalbini ulfat qildi. O'ziga yaqin oldi va shu sabab uni bir olovga tashladi. Uni sinadi. Uhlagan nafslari uyg'ondi. Tavba qilgan ishiga ich-ichidan undov keldi. Buni bostirish juda qiyin, aslida. Horun buni yomon ekanini anglab tursa ham ichidagi nafsiga aldanib qolaverdi. O'g'irlik qilib qo'ydi. O'ziga kelganida esa afsus nadomat bilan Robbisiga yolvorardi. Tavba qilardi. Lekin hech Robbisidan umidini uzmadi. Uni albatta bu balodan qutqarishiga ishondi.
Tashqaridagi odamlar uni tushunmagani sababi ular qalb odamlari emas edi. Ular faqat moddiyatga boqishdi. Horunni qalbini emas, tashqarisini ko'rishdi. Huddi shunday do'sti Qobil ham uni faqat tashini angladi.
Mulla G'ani unga hukm aytishga shoshilmadi. Horunni ko'rsa qalbi g'alati bo'lishi, qalbi uni taniganidanmi deb o'ylab qoldim. Lekin amaldagi ishiga biroz o'ylanib qoldi.
Qobil esa bu yerda sotqinlik qildi. Aslida do'stidan o'zi ustun ekanini isbotlamoqchi bo'ldi pirga deb tushundim. Do'sti Horunni qo'lini kesilganini ko'rib, qonini yuzidan artgan Qobil, u, garchi pir oldida maqomini o'rnatib, odamlar ko'ziga yaxshi ko'rinib, hammaga nasihat qilib yurgan bo'lsada, aslida ich- ichidan qalbi o'lik bir kas edi. U haqiqiy tavba nima, ixlos nima, hizmat nima anglamas darajada qalbi o'lik edi.
Horun shahardan chiqdi va xarobaga yetib borganida u yerda o'zi kabi qo'lidan ayrilgan dardoshlarini ko'rdi.
Agar inson qalbi dard bilan to'lgan bo'lsa, chindan bu yo'lda yurgan bo'lsa, u qalblarni anglash uchun so'zlar aytilishi shart emasligini tushundim. Horun bir so'z aytmasa ham, u haroba egalari uni dardini angladilar. So'zsiz yig'lashdilar va bir birlarini dardiga malham bo'ldilar.
Dardmand darmandni bir qarashdayoq anglashini, qalb darddosh bo'lishi uchun dardlarni so'zlar bilan ifodalash shart emasligini aytilmoqchi bo'lindi. Vallohu a'lam.
Ummu Xadiyja