Xorijda o'qish oliy maqsad sifatida ko'rilmasligi kerak. Maqsad o'qish emas, ilm…
Xorijda o'qish oliy maqsad sifatida ko'rilmasligi kerak. Maqsad o'qish emas, ilm olish. Ilm olish emas, qanday ilmni olish - eng muhimi.
Qandaydir boy davlat meni tekinga grant hisobiga o'qitadi deb yurakning hapqirishi ichki bir hissiy va aqliy bo'shliqdan nishona.
Shakllanmaganlik belgisi.
Baxtni yot yurtdan topaman deyish o'zingga begona ekaningga dalil.
Chetda o'qima deyilmayapti, chetda o'qish barcha maqsadlarga eshik ochadi, murod-u maqsadimga shu orqali yetaman deyish xatodir.
Chetda o'qish hayotiy zarurat hosilasi bo'lishi kerak.
Yashayapsiz, nimadir ishlab chiqaryapsiz, lekin muayyan malaka sizda yetishmayapti. Butun O'zbekistonda ana shu malaka va ilm yo'q bo'lsa, boring-da, qayerdandir o'rganib, tezda kelib shuni amalda joriy qiling. Tamom, masala hal.
Shunchaki, uchib-qo'nib, chetda o'qish baxt deya yoki chetda o'qish bu status deya yugurib yurgan bo'lsangiz, maqsad va hayot yo'lini tayin qilishda shunchaki, umrtqasiz holdasiz.
Yoshlarni ham chetga o'qigani yuborib, xorijning rangini yaltillatib ko'rsataverish kerak emas.
Ya'ni har bir yigit-qiz o'z yurti, vatani, xalqi, yashash maqsadi haqida mahkam va sobit tushunchalar kasb etmog'i lozim.
Dunyoni o'z qalbingda kashf eta olsang, qaniydi.
Lekin bu gaplar o'z yurtidan boshqa hamma yot o'lkani sevadigan; o'z vatanidan bo'lak yot va takabbur qavmlarga qalban va aqlan tobe bo'lgan insonlarga yoqmaydi, zotan, haqiqatni tan olishga nafsning havosi xalal beradi.