← Barcha maqolalar

Insonlarni oʻz yoʻrigʻingizga yurgizishga urinmang, hatto u sevganingiz boʻlsa ham!

Maqola · 1 daqiqa o‘qish

Insonlarni oʻz yoʻrigʻingizga yurgizishga urinmang, hatto u sevganingiz boʻlsa ham!
Paygʻambarim sollalohu alayhi va sallam oʻzining sevimli amakisi Abu Tolibni hidoyat qila olmadilar, toki bu haqiqat hammaga ayon qolsin!

Hech kimni hech ishga majburlama. Jahannamga ketayotgan boʻlsa ham, oʻzi istamasa, sen uni toʻxtata olmaysan. Ketma, bu jahannam yoʻli desangiz ham parvo qilmasa, etagidan mahkam ushlab torting, ammo shaqovatlilar etagini kesib, ketaveradilar.
Bas, ogoh boʻl, hech kimning amali uchun, tanlovi uchun sendan soʻralmaydi, balki aytdingmi, bildirdingmi deb soʻraladi. Ha, aytdim, ogoh qildim deysan, bas.
Xulosa shulki, ahli dil boʻlmaganlarni tark ayla va unut! U kim boʻlsa ham, ahamiyatsiz. Xotinmi, bolami, doʻstmi, farqsiz. Xudo panoh bersin.
Sen oʻz joningni qutqar.
Soʻfi Olloyor bobomiz aytganlaridek:

Aqorib yurmasa koʻngli aqorib,
Qoʻlingdan kelsa hech oʻltirma borib.

Ya’ni hatto qarindoshing ham pokdil va oq dil boʻlmasa, nasihatlar ta’sir etmasa, jaholat va qabohatdan qaytmasa, eplasang, uning uyiga, qoshiga borib oʻtirma, undan voz kechaqol. Lekin hidoyat soʻrab duo qilib tur.