← Barcha maqolalar

Musibatlarning hajmi Allohdan uzilganing qadar böladi

Maqola · 2 daqiqa o‘qish

Tasavvuf rizo maqomini örgatadi. Taqdirning boşingga kelgan har bir işiga rizo böl. Musibatmi, yöqotişmi, ahamiyatsiz — qalbing undan ozor çekayotgan bölsa, bu Haq taolo bilan Sening suhbating yöqligi dalilidir.

Odamlardan yetadigan ozorlar emas, ularga körsatadigan munosabating sening içki olamingdan bir parçadir.

Tuhmat-u böhton, ğiybat-u çaqimçiliklar qarşisida, senga yopiştirilgan jaholat va razolat qarşisida özingni ğamgin topayotgan bölsang, Haqning vuslatidan yiroqdaliging va sening ğaflatdaliging dalili uşbudir.

Parvardigorga yetarli boğlanmasliging oqibatida boşingga yoğadigan musibatlar toşi quyuqlaşadi, balki ulardan qalbing his etadigan azoblar quyuqlaşadi.

Insonlarga boğlanib qolganingni ulardan yetadigan aziyatlar qarşisida çekadigan iztirobing körsatib bergani singari bu hol Robbingdan uzilganingga ham hujjatdir.

Agar sening qalbing yolğiz Robingga boğlansa, sening qarşingdagi odam ham şunday bölsa, ikkingiz orangizda ixtilof qolmaydi.

Ixtilof Xudoni tanimaganlar, Xudodan bexabarlar orasida köp hamda zanjirdek mahkamdir.

Xudoni tanigan va uni hamişa zikr etib turguvçi bandaning va ğofilning qalbi aslo jam bölmaydi, bunday dillar hamişa bir-biridan uzoqdir.

Xudoni zikr etguvçilarning nomi köngil egasidir, çunki Xudo degan köngil KÖNGIL deb atalişga sazovor.

Oşiq sevgilisini zikr qilib tolmagani kabi Xudoni sevgan banda Uni zikr qilib tolmaydi.

Xudo bilan suhbat va qurbating, roz-u niyozing ziyoda bölgani sayin öz nafsingni unutib, şa’ningga nohaq otilgan toşlarni körmay qolaverasan.

Illo, bundan keyin sening barça saʼylaring odamiyzodning musibat va halokatga uçramasligi uçun zuhur qilgay.

Ammo odamiyzod buni qabul qilmagay va seni öziga duşman tutgay. Sen Xudoni naqadar tanisang, ularni şu qadar oson afv etasan.

Kim bilan qolmoq kerak? Kimdan uzilmoq kerak?

Har qança harakat qilsang-da, baʼzan senga qadrdon köringanlar bilan orangga kesiliş tuşadi.

Agar Xudoni tanigan, uni hamişa zikr etadigan va gunohlariga tavba etadigan odamni bilsang, u bilan bir böl va uni tark etma.

Xudo zikridan ğofil, dunyo muhabbatiga asir, gunohlaridan nadomat çekmaydigan kasdan uzoq böl.

Albatta, uzoq böl. Agar Xudoni tanisang, sen harakat qilmasang ham, qalbing ğofil va johillarga aslo tavajjuh etmagay, inşaaAlloh.

Vallohu aʼlam.

Akrom MALIK