← Barcha maqolalar

Havas qilganing odamdan yiroq tur degan gap – jaholat belgisi, balki ixlossiz qalb…

Maqola · 1 daqiqa o‘qish

Havas qilganing odamdan yiroq tur degan gap – jaholat belgisi, balki ixlossiz qalb dalolatidir.

Yaqindan ham, uzoqdan ham ergaşaman deganing insonga muhabbating qoyim bölmasa, basiyrating körligini aybla.

Çunki –

sen munosib odamni topa olmading, qalbing kirligi uçun.

Topgan odamingdan yuz burdingmi? Biror nuqsoni sababli?

Sen munosib odam topa oladigan darajada aqlli emassan yoki şunday komil insonni topişdan tösilgansan, ya’ni senga ustozli bölmoq rizqi berilmagan ekan.

Havas qilganingiz odamdan yiroq turing deya odamlar ongini jaholatga solma, ey kohil.

Balki inson Xudodan ustoz talab etsin, çunki ustozsiz odamga haqiqatlar zuhur qilişi mahol.

Ustozsiz inson faqat jaholat va iştiboh vodiylarida adaşib sarson bölişga mahkumdirlar.

Ey johil, odamlarni öz jaholating bilan özing kabi adaşişga mubtalo qilma.

Sen nimani bilar edingki, azaliy haqiqatning ziddini gapirasan?

Ustozli bölmoq saodatdan bir alomatdir.

Ustozli bölmoq inson qalbining ixlosiga hujjatdir.

Agar inson komil inson topib, ustoz tuta olmagan bölsa, özi unga munosib emasligi uçun özini ayblasin.

Akrom MALİK