Hikoyat: Shayx Saʼdiy aytur: “Bir zohidni koʻrdum bir mahbub…
Shayx Saʼdiy aytur: “Bir zohidni koʻrdum bir mahbub muhabbati bilan giriftor bo‘lib malomat ko‘rub gʻaromat chekib tarkin urmadi.
She'r
Yo‘lunda yosh oʻynab jon tarkin,
Urubman ko‘rgali dildor koʻrkin.
Malomat qilib aytim: “Ey yor aziz, aql nafsinga ne boʻldikim nafs xasising gʻolib keldi. Bir zamon tafakkurga borib ayti:
She'r:
Ajabmi ishq lijallachi surub ot,
Salotinni biyoda birlan oʻtsa.
Kutub ul shohid Raʼno jamolin,
Dagul tong zohid er zuhdin unutsa.
Tahlil:
Hikoyatlarda ishq va oshiqning holati tasvirlanadi. Sa’diy hazratlari inson chin muhabbatga tushganda aql va nasihatdan ko‘ra qalbining istagiga ergashishini aytadi.
Oshiq ma’shuqaning jamolini ko‘rib, hatto zuhd, sabr, uyqu va taomdan kechib, dard bilan yashaydi.
Do‘stlari uni nasihat qilib, bu ishqdan voz kechishga chaqirsalar ham, u: “Menga ko‘p nasihat qilmang, chunki ixtiyor Uning qo‘lidadir”, – deydi.
Xulosa:
Guliston hikoyalarini oʻqib shuni bildimki yosh avlod savodini chiqarish maqsadida oʻqilgan kitob boʻlsa, bolalarni saviyasi yuqor boʻlganligidan dalolat beradi. Hozirgi kunimizdagi ertak kitoblardan ancha yuqori saviyada kattalar oʻqisa ham katta hikmatlar va foydalar oladigan kitobligini tan oladi. Qani edi bizni yosh avlodga ham shunday hikoyalar oʻqitib saviyasini dunyo qarashini koʻtarsak. Bu kabi oʻqilmagan bizdan berkitib kelingan, biz bilmasligimiz uchun harakat qilingan sirlarni oʻqib hozirgi avlodga yetkazish vaqti kelmadimi? Qachongacha oʻzimizni tariximizni haqiqatini bilmasdan yuramiz?
Matnni "Mumtoz alifbo tahsili" onlayn o'quv dasturi 3-sinf o'quvchisi Abror AZIZOV tayyorladi.
Video montaj ustasi: Davlatbek MASHRAB
Manba:1553-raqamli qo'lyozma elektron nusxasi 224-sahifa, Leyden Universiteti kutubxonasi.