Ustoz Akrom Malik bilan oʻtgan “Gunohlar va tavbalar” suhbati xususida koʻplab…

Ustoz Akrom Malik bilan oʻtgan “Gunohlar va tavbalar” suhbati xususida koʻplab mushtariylardan ijobiy xatlar oldik.
Mana shunday ma’rifiy suhbatlarga ehtiyoj borligi sababli mazkur loyihani davom ettirishga qaror qilindi.
Navbatdagi suhbat mavzusi “Katta va kichik odamlarning farqi” deb ataladi.
Suhbat 2026-yil 6-sentabr, kuzning farahli yakshanbasida soat 20:00da boshlanadi.
Suhbat rejasi
Efir boshlanish vaqti: 19:50
Kirish soʻzi: 19:55
Suhbat: 20:00 — 20:15
Savol javoblar: 20:15 — 20:30
E’tobor beriladigan jihat shuki, suhbat vaqti qat’iyan 15 daqiqa etib belgilandi. Savol-javoblar uchun ajratilgan vaqt ham shuncha.
Agar jonli uzatuv vaqti ulana olmasangiz, ustozga toʻgʻridan toʻgʻri savol berib, javob olish imkoni qoʻldan chiqishi mumkin.
Mazkur suhbat muvaffaqiyatli oʻtsa, keyingi suhbat “Hayotni xarob qiladigan omillar” degan mavzuda boʻlishi rejalashtirilmoqda.
Suhbat Sizga qiziq boʻlsa, 👍 belgisini qoldiring!
Bu belgini 500 taga yetkaza olamizmi?
Doʻstlar ham xabardor boʻlishlari uchun xabarni ulashing!