"Xarakter" loyihasi

Inson, ayniqsa, erkak o‘zini tarbiyalab, shakllantirib olishi muhim hodisadir. Maktablarda 12 yil xotin o‘qituvchilar ta’limini olgan o‘g‘il bolalarda erkak xarakteri shakllanmayapti. Shu sababli bugun 18 yoshli yigitchalarda hamon dunyoqarash mavjud emas, harakatlari, hissiyot va munosabatlarida xotinlarning xususiyatlari ko‘zga tashlanadi. Xotin tarbiyasining natijasida o‘g‘il bola erkakka xos qat’iyat, birso‘zlilik, dag‘allik, mardlik va tadbirli tafakkurdan mahrum bo‘lib ulg‘ayadi.
Esi va hushi joyida bo‘lgan o‘g‘il bola o‘zining tartib va intizomga muhtoj ekanligini sezadi. U shunday bir muhit va ustozni qidiradi. Shunday uyg‘oq yigitlar uchun “Xarakter” dasturini boshladik. Ushbu loyiha orqali tartib-intizom, kamgaplik, mehnatkashlik, odob-axloq, jiddiyat, qat’iyat va matonat kabi sifatlarni o‘g‘il bolalarda shakllantirish maqsad qilingan. Loyiha doirasida ilk marta talabgorlar qabul qilinadi...