Yozish mahoratidan bir martalik dars

Akrom Malikning mahorat darsiga taklif qilamiz!
Birinchi mavsum uchun qabul ochiq deb e'lon qilamiz
Ushbu dars uch xil tarifda tashkillashtiriladi.
Oddiy tarif
40 kishilik guruh bo‘lib, ikki soatlik mashg‘ulotni o‘z ichiga oladi.
Birinchi soat – nazariy dars bo‘lib, yozishga oid ilmiy ma’ruza qilinadi.
Ikkinchi soat – qatnashuvchilar orasidan tasodifiy tanlangan matnlar tahliliga bag‘ishlanadi.
Bir kishi uchun 100 ming so‘m to‘lov.
Mashg‘ulot vaqti:
2026-yil, 5-iyun, soat 19.00 – 21.30. Shom o‘qish vaqti hisobga olingan.
Dars formati – zoom.
O‘rta tarif
20 kishilik guruh bo‘lib, har bir ishtirokchining yozgani haqida umumiy tahlil o‘tkaziladi va savollarga javob beriladi, uch soatlik mashg‘ulotni o‘z ichiga oladi.
Birinchi soat – nazariy dars. Keyingi bir yarim soat –matnlar tahlili, yarim soat – savol javob.
Har bir kishi uchun 500 ming so‘m to‘lov.
Mashg‘ulot vaqti:
2026-yil, 6-iyun, soat 10.00 – 13.00.
Yuqori tarif
10 kishilik guruh bo‘lib, besh soatlik mashg‘ulotni o‘z ichiga oladi.
Birinchi soat – nazariy dars. Ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi soat – har bir o‘quvchining matnini tahlil qilish. Beshinchi soat – muloqot.
Bir kishi uchun 1 yarim million so‘m to‘lov.
Mashg‘ulot vaqti:
2026-yil, 6-iyun, 14.00 – 21.00gacha – namoz vaqtlari hisobga olingan.
Final suhbati
Uchala tarifdagi suhbatlarda muvaffaqqiyatli qatnashganlar ichidan 10 kishi bilan tanlab olinadi va yuzma-yuz suhbat o‘tkaziladi. Tanlashda matnlar sifati, savol-javoblardagi faollik hisobga olinadi.
Suhbat ichida kofe breyk, sovg‘alar va musobaqalar bor.
Vaqti:
2026-yil 7-iyun kuni soat 10.00 – 17.00.
Arizalar google sheetdan qabul qilinadi
👉 https://forms.gle/XVyBcVTX5h55bBwGA
Arizalarni topshirish 2026-yil, 25-may, soat 00.00da to'xtatiladi.
To‘lov darslardan kamida uch kun oldin, plastik kartaga o‘tkaziladi.