← Barcha e’lonlar

Kuzatuvchilarimizning xabari bor, Xarakter loyihasini boshlaganmiz. Suhbatdan…

E’lon · 2 daqiqa o‘qish

Kuzatuvchilarimizning xabari bor, Xarakter loyihasini boshlaganmiz. Suhbatdan oʻtganlar bilan amaliyot ketyapti, albatta, natijalarga koʻra yana saralanish boʻladi.
Mazkur loyiha uchun Xarakter kundaligi ham tuzgan edik. Kundalik Sizni eng avvalo, dajjol koʻzi deya sifatlangan gaptashir (telefon) va toʻr (internet) balosidan qutqarishga moʻljallangan boʻlib, kunlaringizni tartiblashga xizmat qiladi.
Unda ushbular bor:
1. Uxlash soatlari.
2. Uygʻonish soatlari.
3. Kitob oʻqish majburiyati.
4. Sport mashqlari ketma-ketligi.
5. Muhosaba vaqti.
6. Xarajatlar nazorati.

Biz 1-mavsum — iyul va avgustga moʻljallangan kundalikni chiqardik. Xarakter loyihasi qatnashchilariga berdik, shuningdek, ixtiyoriy doʻstlarimiz buyurtma bergan edilar, pochta orqali yetkazildi, hatto yetmay qoldi.
Qolaversa, hamon buyurtmalar kelyapti.
Shu sababli avgust oyidan boshlab sentabr, oktabr va noyabr uchun moʻljallangan kundalik tayyorlab Sizlarga taqdim etmoqchimiz. Unda sport mashqlari tartibi aks etgan boʻlib, jismoniy yuklamani bosqichma-bosqich koʻpaytirib borish ham nazarda tutilgan.

Narxi: 100.000 ming soʻm.

Azizlar!
Agar Sizga kundalik qiziq boʻlsa, undan foydalanishga koʻzingiz yetsa, buyurtma bering. Mazkur manzilga
👉 @xarakter_loyihasiBot ga
bunday deb yozing:
Assalomu alaykum!
Ism-u nasabim …. Xarakter kundaligini sotib olmoqchiman.
Bu xatingizga javob yoziladi.

Diqqat!

Shu paytgacha muddat oʻtgach, buyurtma berganlardan qayta yozishlarini iltimos qilamiz.

Buyurtma berish 15-iyuldan 20-iyulgacha davom etadi. 20-iyuldan kechiksa, keyin qabul qilish imkoni yoʻq. Sababi buyurtmalar adadiga qarab biz kundaliklarni bosamiz va yetkazamiz. Kundalikda taqvimga koʻra aniq kunlar va soatlar aks etgani uchun uni ortiqcha chiqarib saqlab qoʻya olmaymiz, har bir ish foydali boʻlishi uchun oʻz kunida qilinishi kerak.
Yangi mavsum kundaliklari mazmun jihatdan boyishi kutilmoqda.