Turkiy alifbo tahsili 4-mavsum uchun arizalar qabuli yopildi. 5-mavsum qabuli…

Turkiy alifbo tahsili 4-mavsum uchun arizalar qabuli yopildi. 5-mavsum qabuli 1-sentabrdan boshlanadi.
Qabul muddati tugagach, bir necha kishi murojaat qildi, ammo qoida hammaga teng ishlashi kerak: 1 oy davomida ariza qabuli ochiq edi.
Ayni paytda 130 ga yaqin talabgor mavjud. Yakka tartibda suhbat oʻtkaziladi. Bu haqida hammaning telegramiga xat yozildi. Suhbatdan oʻtganlarni 1-sinfga qabul qilinadi.
Diqqat!
26-iyul kuni soat 20:00da ayni paytda tahsil olayotganlarning online taqdimotlari oʻtkaziladi. Ilk bora Sayfi Saroyi hazratlarining tarjimasidagi “Guliston” kitobining mazmuni XV asrga oid qoʻlyozma asosida tahlilga tortiladi.
Hozirdan rejangizga kiritib qoʻysangiz boʻladi. Juda qiziqarli va foydali, oʻzbek yoshlarining hozircha yagona qoʻlyozmalar tahliliga atalgan ilmiy suhbati boʻladi.
Turkiy alifbo guruhiga ulanish uchun kalit:
👉 https://t.me/+RjnVPFo2_XJlMDNi