← Barcha she’rlar

Eshitgan har soʻzga boʻlmas inonib

She’r · 1 daqiqa o‘qish

Eshitgan har soʻzga boʻlmas inonib
Koʻrilgan har ne chin boʻlmaganidek.
Imkonsiz rost soʻzdan yashamoq tonib,
Qalbingda Haqqa kin boʻlmaganidek!

Ya’ni demasinlar ming yolgʻon kalom
Yuraging haq soʻzni sezib turgaydir.
Koʻzlaring pardada qolsa-da tamom,
Qalbing haq tomonda kezib yurgaydir.

Yoʻq deysan, yoʻq deysan, emasdir bu rost,
Bu esa haq deysan besoʻz, besado.
Ruhing haqiqatga qolib sodiq doʻst,
Jisming yolgʻon ichra choʻkar benavo.

Shul bois, har qancha uzoqlarga uch,
Sahrolarda daydib, dengizlardan kech!
Oyogʻi mehrimga bogʻlangan ey qush,
Haqdan kecholmaysan, ketolmaysan hech!

Akrom MALIK