← Barcha she’rlar
Vaqtni dono hokim desammi
Vaqtni dono hokim desammi?
Har kimga loyiq hukmni berar.
Vaqtni dono ustoz desammi?
Har kimga kerak ilmni berar.
Vaqtni koʻzgu desammi yo?
Jaholatim aksi unda.
Vaqtning qoʻlida jimgina
Oʻz jahlimga iqror boʻlaman.
Qanchalik bilmaguvchiman!
Qanchalar gʻofil va uxlaguvchiman!