← Barcha maqolalar

“Turkiy alifbo tahsili” kursiga ariza topshirganlar soni 200 nafardan oshdi. Shu…

Maqola · 2 daqiqa o‘qish

“Turkiy alifbo tahsili” kursiga ariza topshirganlar soni 200 nafardan oshdi. Shu munosabat bilan qabul suhbatlari boshlanmoqda.

Orangiz orasida talabalar hamda ilmiy ish qilishga qiziqadigan yigit-qizlar borligi inobatga olinib, ular uchun ilmiy tadqiqot olib borish asoslariga bag‘ishlangan maxsus kurs tashkil etishga qaror qilindi.

Kurs bir oylik bo‘lib, 4 ta darsdan iborat.

Kurs dasturi:

1-dars.
Ilmiy tadqiqot nima? U nima uchun kerak? Ilmiy tadqiqot metodologiyasi va metodlari. Ilmiy tadqiqot shakllari. Ilmiy tadqiqot olib borish bosqichlari. Ilmiy tadqiqot jarayoni va natijasini aks ettirish. Ilmiy tadqiqot natijalarini amaliyotga qo‘llash.

2-dars.
Adabiyotlar bilan tanishish. Manbalarni tanlash va tahlil qilish. Ilmiy maqola yozish talablari.

3-dars.
Bakalavriat, magistratura va doktorantura haqida ma’lumot. Bitiruv malakaviy ishi, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari. Monografiya yozish talablari va shartlari.

4-dars.
O‘zbekistonda dissertatsiya himoya qilishning rasmiy jarayoni va bosqichlari. Ilmiy darajalarning mazmuni. Ilmiy xodim sifatida tadqiqot institutlari va oliy ta’lim muassasalarida ishlash imkoniyatlari.

Qo‘shimcha ma’lumotlar:
• Kurs to‘lov asosida tashkil etiladi.
• To‘lov oldindan amalga oshiriladi.
• Kurs davomida amaliy topshiriqlar beriladi.

⚠️ Eslatma:
Ayni paytda Akrom Malikning “Turkiy til alifbosi tahsili” guruhida tahsil olayotganlar ushbu kursda qatnasha olmaydi. Sababi — bir vaqtning o‘zida ikki kurs topshiriqlarini bajarish qiyinchilik tug‘diradi.

📌 Kursda ishtirok etishni istaganlardan guruhga a’zo boʻlishlari so‘raladi:
👉 https://t.me/+CDFzmAPB5pAwM2Zi