Oilabuzarmon yoki uybuzarmonlar haqida
Oila muqaddasdir. U pok saqlanishi kerak. Oilaning sirlari oilada qolishi shart. Er va xotin bir dumaloqning ikki pallasidir.
Xiyonatsiz yashayotgan er-xotin orasini buzishdan ehtiyot boʻling.
Inson qalbi oʻzgaruvchan, aql aldanuvchandir. Gohida ovsin deganlari ham ovsiniga choh qaziydi: qaynogʻasini ovsiniga yomon koʻrsatishi, insofdan tashqari yoʻllarga yoʻllashi va oilaning ajrashmogʻiga sabab boʻlishi mumkin. Bunga hayotda misollar koʻp.
Ey insonlar!
Allohdan qoʻrqing. Igʻvo hamda tuhmat qilmang. Igʻvogarning oʻlimi oldidan tili chiriydi. Ichaklari chiriydi va ogʻzidan badboʻy hid taraladi.
Oilabuzarmon tuhmatchilarga jahannamda bundan ogʻirroq jazolar bor.
Ey insonlar!
Boshqalarning orasini buzishdan saqlaning. Odamlarning orasida doʻstlik barpo qiling, ayniqsa, er-xotinlar arazlashsa, hazir boʻling va ularning yarashtirish tadorigini koʻring.
Ey insonlar!
Buzgʻunchiligingiz uchun mazlumlar qargʻishi va Allohning la’natiga uchrashdan qoʻrqing!