← Barcha maqolalar
Qalbni kuzatib turish qiyin. U juda tez aylanadi. Holati dam-badam oʻzgaradi.
Qalbni kuzatib turish qiyin. U juda tez aylanadi. Holati dam-badam oʻzgaradi.
Sevgidan lof urasan. Ammo sevgiling qon ichsa, sen qandoq sharbat ichasan?..
Yolgʻon, sevdim deganing yolgʻon…
Aslida, sharbat ichishga izn bergan qalbing aybdor. Chunki ishq unda yetarlicha pishmagan, ishq hali amirga aylanmagan.
Ishq qalbing amiri boʻlgan ondan boshlab, sevgiling qon ichsa, qon; ogʻu yutsa, oʻgu yutasan!
Bu olam sahnida sevdim degan oshiqlarning koʻpi yolgʻonchi. Rostgoʻylarida izhor uchun quvvat va jur’at yoʻq.