← Barcha e’lonlar

Akrom Malikning “Mumtoz oila” kitobi nashrga tayyorlanmoqda.

E’lon · 1 daqiqa o‘qish

Akrom Malikning “Mumtoz oila” kitobi nashrga tayyorlanmoqda.

Nasib boʻlsa, kitob nashr etilgach, fayzli bir taqdimot qilish rejasi bor.

Siz agar kitobni oldindan — telegramda oʻqigan boʻlsangiz, taqdimotda nutq qilish imkoningiz bor.

Buning uchun kitob yuzasidan taqriz yozib bizga yuborasiz:

@Akrom_Malikka_maktubBot

Taqrizda:

• kitobning ahamiyati;

• zarurati;

• dolzarbligini aniq misollar, kitobdan iqtiboslar olib tushuntiring.

Hayotiy misollar bilan uning zarurligini isbotlang.

Taqrizda ism-u nasabingiz, yoshingiz, faoliyatingiz va yashash joyingiz aks etsin.

Albatta, mutolaa jarayonida Sizdan qanday his va fikrlar oʻtganini batafsil yozing.

Taqrizingiz muallif Akrom Malik tomonidan ma’qullangach, Siz u asosda slaydli taqdimot tayyorlab, kitobxonlar qarshisida jonli nutq qilasiz.

Bu nutq kitobni xalqimizga yetib borishida xizmat qiladi.

Bu yaxshilikka dalolat boʻladi.

Taqrizlaringizni kutamiz!