← Barcha e’lonlar

"Mumtoz oila" kitobi muqovasi tayyor, alhamdulillah.

E’lon · 1 daqiqa o‘qish

"Mumtoz oila" kitobi muqovasi tayyor, alhamdulillah.

Muqovalar tanlovida Munisa Ahmadjonova ismli kuzatuvchimiz g'olib bo'ldilar.

Endi aziz do'stlarimizdan bizga duo madadi zarur.

Xudoyim tez kunda bu kitobni yorug' dunyoga chiqarsin!

"Mumtoz oila" kitobi muqovasining sharhi

Kitob muqovasi qizil rangda ekanligi oilaga, qondoshlikka ishora.

Anor, uning ichidagi urug'lari ochiq-oydin oilaning ramzi, unda chiqib turgan adras shaklidagi mato oilaning fayzi va go'zalligi, gullar va barglari oilaning boqiy va mustahkamligi ma'nosidir.

Muqovaning tepa va pastidagi naqshlar esa oilani sadoqat hamda qat'iyat, donishmandlik va tadbir ila mahkam ushlashga ehtiyoj borligini bildiradi.

G'olibamizni tabriklaymiz! Maxsus sovg'amizni topshiradigan kunni biz ham kutib qolamiz!

Ishtirok etgan hammaga rahmat!