← Barcha e’lonlar

Hurmatli doʻstlar!

E’lon · 1 daqiqa o‘qish

Hurmatli doʻstlar!

Sizni 4-fevral kuni soat 9:30 da “Hayrat ul-abror” dostoniga Akrom Malik yozgan sharh kitobi taqdimotiga taklif qilamiz.

Taqdimotda yosh ijodkorlar tomonidan sahnalashtirilgan maxsus spektakl namoyish etiladi.

Adabiyot va san’at uyg‘unligida o‘tadigan mazmunli kechamizda Sizni kutib qolamiz!

Adabiyotga muhabbat – bu insonga muhabbatdir.

Sana: 4-fevral, 2025-yil, soat 9:30
Manzil:
EduMaster

Hurmat bilan TAVFIQNASHR nashriyoti va IRFONTV jamoasi.