← Barcha e’lonlar

Xabaringiz bor: biz 2025-yil 1-noyabr oyidan boshlab Turkiy alifbo tahsilini…

E’lon · 1 daqiqa o‘qish

Xabaringiz bor: biz 2025-yil 1-noyabr oyidan boshlab Turkiy alifbo tahsilini boshlaganmiz.

Noyabr, dekabr va yanvar oylarida bir guruh o'quvchilar "Ustodi avval" o'qib, savod chiqarishdi. Ular 1-sinf o'quvchilar edi.

Biz fevral oyida 1-sinflarni 2-sinfga o'tkazdik va ular "Hikmatnoma" kitobini o'qiy boshladilar.

Ushbu fevral oyida yana bir guruh o'quvchilarni suhbat asosida qabul qilib, "Ustodi avval"ni boshladik. Bu 2-mavsum qabuli edi.

Fevral, mart va aprel oylarida 1- va 2-sinf o'quvchilari o'qishdi.

May oyida 1-sinflar 2-ga, 2-sinflar 3-ga o'tishdi. Biz esa 3-mavsumga o'quvchilar qabul qildik.

Biz 9 oy uzluksiz dars qildik. 100 ga yaqin o'quvchi savod chiqardi, eski yozuvni o'qish imkoniga ega bo'ldi.

Ammo ayni paytda muvaffaqiyatli o'qiyotganlar, bizning qat'iy talablarimizni bajarayotganlar qariyb 50 nafarga yetsa kerak.

Ular o'tgan 9 oyda nimalarni o'rganishdi?

Buni bilishni istasangiz, 2026-yil 26-iyul yakshanba oqshomida — 20.00da boshlanadigan online taqdimotimizda qatnashing.

Buning uchun Turkiy alifbo tahsili guruhiga a'zo bo'lsangiz, taqdimot kuni zoom manzili beriladi.

Guruh kaliti:
👉 https://t.me/+RjnVPFo2_XJlMDNi